Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Yoshlarga nisbatan narkojinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Mutasaddilar prezidentga narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga barham berish bo‘yicha reja va takliflarni taqdim etdi.

Loyihalar yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlikni oshirish, internet orqali tarqatishga qarshi kurashish hamda reabilitatsiya tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.

Kecha o‘tkazilgan taqdimotda qator yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar bayon etildi.

Jinoiy-huquqiy qat’iylashuv - yoshlar o‘rtasida narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga barham berish, yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish.

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash. Narkotiklarni internet orqali tarqatishni fosh etish, uyushgan guruhlar va narkolaboratoriyalarni aniqlash, ularga rahnamolik qilayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish.

Tezkor-qidiruv va tergov: keng qamrovli tezkor tadbirlar va tergov jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, dalillashtirish mexanizmlarini yaxshilash.

Profilaktika va sog‘liqni saqlash sohasida voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning diagnostikasi, davolashi va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi tizimini tubdan takomillashtirish.

Ta’kidlanishicha, ushbu choralar yoshlarni giyohvandlik xavflaridan himoya qilish, jinoyatchilikni kamaytirish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Qonunchilikka tegishli o‘zgartishlar kiritilsa, amalga oshirish bo‘yicha ijro mexanizmlari belgilanadi.


Дата добавления: 04/11/2025 12:11;   Просмотров: 13
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку