Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

XAVFSIZ OZIQ-OVQAT INSON SOG‘LIGI GAROVI

Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xafvsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari Samarqand tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda

 tegishli chora-tadbirlar belgilab, aholi iste’moliga  sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetib borishini ta’minlash maqsadida oziq-ovqat do‘konlari, yirik savdo ob’ektlarida nazorat va tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Xususan, Samarqand tumani markazida joylashgan "Maroqand" dehqon bozori hududidagi go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar sotish rastalari ko‘zdan kechirilib, bozor xodimlari va sotuvchilariga "Xavfsiz oziq-ovqat oyligi"ning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Umuman, aholi iste’moli uchun sifatli mahsulotlar yetkazib berish hamda havo harorati keskin ko‘tarilishi davrida sut va go‘sht mahsulotlarini saqlash va sotuvga chiqarish tartib qoidalariga qatiy rioya etish, ularni tegishli tartibda bozorda joylashgan veterinariya-sanitariya laboratoriyasida ekspertiza tekshiruvlaridan o‘tkazilgandan keyingina sotuvga chiqarish kerakligi to‘g‘risida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

A.AXROROV,
guruh xodimi.


Дата добавления: 12/07/2025 11:28;   Просмотров: 23
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку