Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

TUMANDAGI NODAVLАT TA’LIM TАSHKILOTLАRIDА KUZ-QISH MAVSUMIGА TАYYORGАRLIK

Samarqand tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududidagi 7 ta nodavlat ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumida muammosiz faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tuman hokimligi qurilish bo‘limi, M va MTTB, tumangaz ta’minoti filiali hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda nodavlat ta’lim tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda.

Olib borilgan ishlar davomida ta’lim muassasalari binolarida SHNK va QMK qoidalariga rioya etilgan holda ta’lim jarayoni tashkil etilgani tekshirildi. Shu bilan birga, 7 ta nodavlat ta’lim tashkilotining yoqilg‘i-isitish tizimlari ko‘zdan kechirildi. Nosoz pech va qozonlardan noto‘g‘ri foydalanish holatlarining oldini olish maqsadida muassasa rahbarlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu suhbatlarda chaqnash, yong‘in yoki is gazidan zaharlanish kabi xavfli holatlarning oldini olish choralari alohida ta’kidlandi.

Tadbirlar jarayonida muassasalarning tom qismi yong‘inga qarshi kimyoviy suyuqlik bilan ishlovdan o‘tkazilishi, binolardagi elektr sim va kabellar tashqi muhofaza qobig‘i laboratoriyadan tekshirilishi hamda isitish qozonxonalari soz holga keltirilishi lozimligi yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, barcha ta’lim muassasalarida ishlovchi xodimlar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari tashkil etildi.

G.Z. O‘RALOV,

Samarqand tumani FVB boshlig‘i,

podpolkovnik.


Дата добавления: 17/09/2025 14:43;   Просмотров: 46
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку