Qadrli soha fidoyilari! Sizlarni bugungi kasb bayramingiz — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan Samarqand tuman hokimligi va shaxsan o‘zim nomimdan samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodingizga muvaffaqiyatlar tilayman.
O‘z iste’dodi, ijodi, o‘tkir qalami va qudratli so‘zi bilan matbuotimiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Siz qalam ahlining mashaqqatli mehnatini har qancha e’tirof etsak, arziydi. Chunki Sizlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirish, faravon hayotimiz shukuhini o‘ziga xos tarannum qilish, yoshlarimizni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, yurtimiz va xorijda ro‘y berayotgan yangilik va o‘zgarishlarni aholiga tezkor, xolisona yetkazishda fidoyilik na’munalarini namoyon qilmoqdasizlar.
Bunda milliy matbuotimizning zamonaviy tamoyillar va davr taqoza etgan talablar asosida tubdan yangilanishi, taraqqiy etishi uchun mustahkam huquqiy asoslar va qulay muhitning yaratilgani muhim omil bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini, ularning faoliyati samaradorligini yanada oshirish, media tarmoqlarining huquqiy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangilash, texnik-texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, jurnalist kasbining ijtimoiy maqomi, nufuzini ko‘tarish, soha xodimlarining mehnatini moddiy, ma’naviy rag‘batlantirish yo‘lida amalga oshirilgan katta ishlar ijodkorlarga, jurnalist va blogerlarga ilhom bag‘ishlamoqda desak xato qilmaymiz.
Bugungidek shasht, shijoat va jo‘shqinlik Sizlarni hech qachon tark etmasin. O‘tkir qalamingiz va teran so‘zingiz bilan vatanimiz taraqqiyotini ta’minlash, xalqimiz turmush faravonligini oshirish yo‘lida tolmay ijod qilish uchun hamisha omon bo‘linglar.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.