Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Tuman hokimi sanoat loyihalari bilan tanishdi.

Samarqand tumani hokimi S.Usmanov hamda hokimning investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Zaripov Yangiariq mahallasida joylashgan “Qayumov Stroy Invest” korxonasida bo‘lib, penablok, penoplast va tosh mahsulotlari ishlab chiqarishga doir loyihalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati va korxona quvvatlari joyida o‘rganilib, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Mazkur loyihalar mahalliy imkoniyatlarni ishga solgan holda, aholining bandligini ta’minlash, qurilish materiallari bozoridagi ichki ehtiyojni qondirish va mahalliy iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tuman hokimi loyiha tashabbuskorlariga zaruriy ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidlab, ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.


Дата добавления: 24/06/2025 11:12;   Просмотров: 26
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку