Samarqand tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan tibbiyot brigadalari aʼzolari ishtirokida o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi.
Unda "Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi", "Qandli diabet" hamda "Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari" boʻyicha skrining tadbirlarining amalga oshirilishi, shifokor oldi koʻrik xonasi faoliyati va jihozlanishi borasida so‘z yuritildi.
Mashgʻulot jarayonlariga kardiolog, endokrinolog va pulmonolog mutaxassislari jalb etilib, barcha zaruriy koʻnikmalar ishtirokchilarga amaliy tarzda koʻrsatib oʻtildi.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.