Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Siyosiy - ma’naviyat soati

Bugun “Gulobod tongi” gazetasida navbatdagi Siyosiy-ma’naviyat soati o‘tkazildi. Ushbu tadbirga Samarqand tuman Axborot-kutubxona markazining malakali xodimlari tashrif buyurishdi.

 Tadbir davomida bugungi kunning eng dolzarb siyosiy yangiliklari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilarga yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan asossiz ma’lumotlarga nisbatan hushyor bo‘lish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda huquqiy ongni oshirish bo‘yicha dolzarb tavsiyalar berildi. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari so‘zga chiqib, aholining siyosiy savodxonligini oshirishda bunday ma’rifiy uchrashuvlarning ahamiyati juda katta ekanini ta’kidladilar.

Tadbir jarayonida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, fikr almashishdi va kelgusi rejalar yuzasidan takliflar bildirildi. Siyosiy-ma’naviyat soatining asosiy maqsadi — fuqarolarda ijtimoiy faollikni oshirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini yanada kuchaytirish va ma’rifatli jamiyat barpo etishga munosib hissa qo‘shishdan iborat bo‘ldi.


Дата добавления: 14/11/2025 14:44;   Просмотров: 17
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку