Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Samarqand  tumani hokimligi zahirasida bo‘lgan Gulobod mahallasida joylashgan 1.9 gektar yer maydonida hudud aholisi uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Istirohat bog‘i tashkil etish loyihasi bo‘yicha e'lon

 

Ma’lumki so‘nggi yillarda mamlakatimizda xususiy sektorga berilayotgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.


            Zero, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ba’zi xizmatlarning xususiy sektorga o‘tkazilishi nafaqat mazkur sohada ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshishini, balki budjet mablag‘larining samarali sarflanishini ham ta’minlaydi.
              O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29-noyabrdagi “Samarqand viloyatida investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi PQ-407-sonli qaror talablari asosida Mustaqillik maxallasida davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida istirohat bog‘ining faoliyatini tashkil etish maksadga muvofik xisoblanadi.
                O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024-yildagi "Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 720-son qarori bilan tasdiqlangan "Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom 11-bandida, aholining, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) iste’mol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini inobatga olish maqsadida vakolatli davlat organining talabiga binoan DXSH loyihasi jamoatchilik muhokamalari bilan birga tayyorlanishi lozimligi qayd etilgan.
            Yuqoridagilardan kelib chiqib, Saarqand tumani Gulobod maxallasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida istirohat bog‘i tashkil etish loyihasi ishlab chiqilayotganligini ma’lum qiladi.
         Loyiha doirasida xususiy sektor mablag‘lari hisobidan “Gulobod” MFYda joylashgan 1,9 gektar maydonlarda tematik madaniyat va istirohat bog‘ini tashkil etish; 
               Hudud atrofida madaniyat va istirohat bog‘ida bir qancha obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish bilan bir qatorda tuman aholisining madaniy hordiq chiqarishi uchun zamanoviy  turdagi o‘yin attraksionlari, shuningdek, zamanoviy mehmonxonaga extiyoj borligi ko‘zda tutilgan.

 

 


Ma’lumot uchun: Ushbu loyihani amalga oshirish orqali xududda 15 ta yangi ish o‘rni yaratiladi hamda tumanga keladigan sayyohlar oqimi oshadi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda tumanning investision jozibadorligi yaxshilanadi.

 Shuningdek, mazkur istirohat bog‘i  xususiy sherikka ishonchli boshqaruv asosida vaqtincha foydalanishga beriladi. Bunda, loyiha ob’ektlaridan kredit olish uchun garov sifatida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

DXSH to‘g‘risidagi bitim muddati tugagach, loyiha ob’ektlari (yangi qurilishi rejalashtirlgan binolar bilan birgalikda) davlat sherigiga qaytariladi.

Mazkur loyiha bo‘yicha fikr-mulohazalaringiz mavjud bo‘lgan taqdirda, quyida keltirilgan elektron manzillarga murojaat qilishingizni so‘raymiz: @Samarqand_tuman_hokimi_bot,  https://Samarqand.uz


Дата добавления: 23/01/2026 18:19;   Просмотров: 154
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку