Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Samarqand tumanida “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik rekreatsion zonasini tashkil etish ishlari davom etmoqda

Samarqand tumanida “Ohalik-Oqbo‘yro-Mironqul” turistik rekreatsion zonasini tashkil etish ishlari davom etmoqda

Mazkur hududlarda zamonaviy, ekologik toza va ixcham kapsulali mehmonxonalarni joylashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ushbu loyihalar orqali mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratilib, hududning turistik salohiyati yanada oshirilishi rejalashtirilgan.

Tumani hokimi S.Usmanov rahbarligida mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda bevosita joyiga chiqib, qurilish va obodonlashtirish ishlari holati o‘rganilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida infratuzilma obyektlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, mahalliy aholi bandligini ta’minlash hamda hudud iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish masalalari muhokama etilmoqda.


Дата добавления: 03/06/2025 11:11;   Просмотров: 9
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку