Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Samarqand tumanida Matbuot va OAV xodimlari kuni munosib nishonlandi

Mamlakatimizda va xorijda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, yangiliklardan boxabar bo‘lishimizda, Respublikamizda kechayotgan islohatlar jarayoni bilan tanishib borishimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarining o‘rni hamda roli beqiyos.

Shu bois yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, jurnalistlarning mashaqqatli, shu bilan birga sharafli mehnati yuksak qadrlanmoqda. Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami Samarqand tumanida ham o‘zgacha kayfiyatda, ko‘tarinkilik bilan nishonlandi. "Oqbo‘yro garden" dam olish maskanida tashkil yetilgan tdbirda tuman hokimi Sirojiddin Usmonov so‘z olib, mamlakatimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, jurnalistlarning jamiyat rivoji va taraqqiyotidagi o‘rni xususida to‘xtalib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritishda faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh jurnalistlarga tuman hokimligining Tashakkurnoma va bayram sovg‘alari topshirildi.


Дата добавления: 28/06/2025 23:06;   Просмотров: 29
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку