
Samarqand tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonini zamonaviylashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda xizmat sifati va tezligini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat xizmatlari markazi (DXM) va uning filiallari faoliyati soha rivojiga bo‘lgan yondashuvning amaliy ifodasidir.
Bugungi kunda tuman hududida 1 ta asosiy Davlat xizmatlari markazi faoliyat yuritib, Qaynama mahallasida haftaning har chorshanba kuni ishlaydigan filial aholiga yaqin hududlarda xizmat olish imkonini yaratmoqda. Bu mas’ul xodimlar tomonidan uzoq hududlardagi fuqarolar uchun yirik qulaylik bo‘ldi.
O‘tgan davr statistikasi shuni ko‘rsatadiki, tuman DXM faoliyati yil sayin kengayib bormoqda. 2024 yilda 42 623 ta xizmat, 2025-yilning o‘tgan davrida esa 32 474 ta xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 4 122 tasi sayyor tartibda amalga oshirilgan. Masofaviy xizmatlarning ko‘payishi fuqarolarning vaqtini tejashda muhim ahamiyat kasb etyapti.
Xizmat ko‘rsatish tezligi ham barqaror: dxa.gov.uz tizimi orqali bitta murojaatni ko‘rib chiqish o‘rtacha 3 daqiqa, navbat kutish vaqti esa 5–15 daqiqa oralig‘ida. Markaz kirish qismida joriy etilgan “QMATIC” elektron navbat tizimi fuqarolar oqimini samarali boshqarishga xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda aholini davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borildi. Xizmatlar endilikda YaIDXP va mobil ilova orqali yanada kengroq taqdim etilmoqda.
Mobil-ID tizimi 2022-yildan boshlab joriy etilgan bo‘lib, fuqarolarga:
Face-ID orqali masofadan identifikatsiyadan o‘tish,
ID-karta ichidagi E-IMZOdan foydalanish,
mobil raqamni bepul bog‘lash imkonini yaratdi.
2025-yil iyulidan boshlab markazga shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz kelgan fuqarolar ham biometrik identifikatsiya – Face-ID orqali xizmat olishi yo‘lga qo‘yildi.
Aholi elektron xizmatlardan foydalanishda asosan ikkita muammo bilan to‘qnashmoqda:
Shu bilan birga, elektron identifikatsiya bo‘yicha katta o‘zgarishlar sezilmoqda — xizmatlarni Mobil-ID orqali olish bo‘yicha fuqarolardan shikoyatlar kelib tushmagan, tizim qoniqarli ishlamoqda. Hududda shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligini buzish holati ham qayd etilmagan.
III. Xizmat sifati, inklyuzivlik va qulaylik
Tuman DXM binosi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘liq moslashtirilgan:
panduslar, maxsus aravachalar,
ko‘zi ojizlar uchun yo‘lak va BRA-alifbosi,
navbatsiz xizmat joylari,
60 yoshdan oshgan fuqarolar, homilador ayollar va yosh bolali onalar uchun alohida tartiblar mavjud.
Aholini o‘qitish va tushuntirish ishlari ham muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Har chorshanba mahallalarda grafik asosida targ‘ibot o‘tkazilmoqda, “Huquqiy mahalla” loyihasi orqali uyma-uy tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.
Markaz xodimlarining barchasi doimiy ravishda onlayn o‘quvlar orqali malakasini oshirib bormoqda. Fuqarolarning xodimlar muomala madaniyati va xizmat sifati bo‘yicha bergan bahosi qoniqarli deb qayd etilgan.
So‘nggi ikki yilda davlat xizmatlari tizimiga 70 dan ortiq yangi xizmat qo‘shildi. Aholi uchun kompozit xizmatlar — bir nechta murojaatni bitta ariza asosida olish imkoniyati — vaqt va xarajatlarni sezilarli darajada tejamoqda.
“Hujjatlar telefonda” tamoyili ham faol qo‘llanmoqda: markaz tomonidan berilgan barcha ariza javoblarida QR-kod orqali tekshirish imkoniyati mavjud.
Hududdagi umumiy vaziyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, asosiy to‘siqlar quyidagilardan iborat:
ayrim xizmatlarda ma’lumotlar bazalarining to‘liq integratsiyalanmaganligi;
imtiyozli navbatlarni tasdiqlovchi huquqiy asoslarni tizimga yuklashda texnik cheklovlar mavjudligi; masalan, MTT tizimi bo‘yicha murojaatlar bbit.uz platformasida ko‘rinmasligi muammoga sabab bo‘lgan.
Taklif sifatida quyidagilar ilgari surilmoqda:
imtiyozli navbatlar bo‘yicha huquqiy asoslarni avtomatik tarzda tizimga yuklaydigan normativ tartibni kuchaytirish;
barcha ma’lumotlar bazalarini yagona integratsion platformaga ulash;
internet sifati past hududlarda mobil operatorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
elektron xizmatlar bo‘yicha aholiga amaliy treninglarni kengaytirish.
Xulosa qilib aytganda, Samarqand tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi izchil takomillashib bormoqda. Xizmatlar tezligi, ochiqligi, raqamlashtirilgan jarayonlar, shuningdek ijtimoiy qatlamlarga e’tibor sezilarli darajada oshgan. Kelgusida esa elektron xizmatlarni to‘liq avtomatlashtirish, barcha platformalar integratsiyasi hamda qulayliklarni yanada kuchaytirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.