Samarqand tumani Tabiiy gaz bilan ta’minlashda 5 ta GTS lar orqali tabiiy gaz olish orkali foydalaniladi.
Aholi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida tumanda 264 ta GTQ lar mavjud bo‘lib, shundan 32 donasi yuqori bosimdagi va 232 donasi o‘rta bosimlarni GTQ larni tashkil qiladi. Xozirgi kunda GTQ larning barchasi reja asosida ta’mirlanib, kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirmokda.
“Samarqantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bo‘yicha tabiiy gaz iste’molchilari jami soni 21 177 ta, shundan, aholi iste’molchilari 20 822 ta ulgurji iste’molchilari 355 tani tashkil qiladi. Samaqand tumanida 28 ta mahalla tabiiy gaz ta’minotida. 42 ta mahalla suyultirilgan gazga moslashtirilgan, aholi xonadonlari 32934 tani tashkil qiladi, suyultirilgan gaz iste’molchilariga belgilangan reja asosida imtitiyozli narxlarda suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berilmoqda.
01.07.2025yil holatiga jami debitor qarzdorlik 1 539,2 mln.so‘m, shundan aholi 1 465,7 mln.so‘m, ulgurji 73,5 mln.so‘m mavjud.
2025 yilning 1-yanvar holatiga jami aholi iste’molchilarning qarzdorligi 1 985,4 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025 yil 1-iyul holatiga bu qarzdorlik 1 465,7 mln so‘mni tashkil qilib, 2025 yilning 2- choragi davomida -519,7 mln so‘mga kamaytirildi.
2025 yil yanvar-iyun “Samarqandtumangaz” GTB tomonidan karzdorligi mavjud aholi iste’molchilarning 62 nafaridan qarzdorliklarini majburiy undirish uchun 364,5 mln so‘mga tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, Tayloq tumanlararo fuqarolik sudiga takdim etildi.
“Samarqantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bo‘yicha 2024 yil 1 yanvar holatiga jami debitorlik qarzdorlik 1 710,7 mln so‘m, shundan aholi debitor qarzdorligi 1 544,2 mln so‘m, ulgurji iste’molchilar debitor qarzdorligi 166,3 mln so‘mni tashkil qilgandi. 2025 yil 1 yanvar holatiga jami debitorlik qarzdorlik 1 682,5 mln so‘m, shundan aholi debitor qarzdorligi 1 375,2 mln so‘m, ulgurji iste’molchilar debitor qarzdorligi 307,3 mln so‘mni tashkil qildi. 2024 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 2025 yil 1 yanvar holatiga jami debitorlik 28,1 mln so‘mga kamaytirildi.
2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bo‘limda malakali mutaxassislardan iborat “Qishga tayyorgarlik shtabi” tashkil etildi. Bundan tashqari tumanning har bir sektoriga tabiiy va suyultirilgan gazga oid muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish maqsadida bo‘lim tomonidan xodimlar biriktirilgan.
2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash aholi va ulgurji iste’molchilarga uzluksiz va betalofat tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida tumanni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi mavjud yuqori bosimlai 36 dona gaz taqsimlash qutilari ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Tayloq xududida joylashgan yuqori bosimli D-273 mm li gaz quvurining 4 km masofadagi qismi ta’mirlanib mavsumga shay holatga keltirildi. Tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida aholini tabiiy gaz bilan ta’minlolvchi tumanning Juyisoy, Ipakchi, Zaxlik va Konigil mahllalaridagi yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlanib mavsumga shay holpatga keltirildi.
Rustam mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi D-159 mm li 3 km masofadagi gaz quvurlari to‘g‘rilanib tartibga keltirildi.
Mirishkor mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi o‘rta bosimli D-76-89 mm li gaz quvurining 2.5 km qismi to‘g‘rilandi va kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi.
Tumanning Yuqori Turkman mahallasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi D -50 mm li 300 metr yer osti gaz quvuri ta’mirlanib yer ustiga chiqarildi.
2024 yilning oktyabr - noyabr oylari davomida kuz-qish mavsumining kutilishi mumkin bo‘lgan anomal sovuq kunlarida muammolarni oldini olish maqsadida «Samarqantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning mahalla fuqarolar yig‘inlarida tuman aholisi, ya’ni tabiiy va suyultirilgan gaz iste’molchilariga jadval asosida qo‘shma targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.