Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Samarqand tuman hokimi Sirojiddin Usmonovning 30 iyun-Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimiz o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan bayram TABRIGI

Aziz yoshlar, qalbi qaynoq, azmu shijoatli yigit-qizlar!

Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom 30 iyun - Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman.
Bugun mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda Sizlarning o‘rningiz tabora kengayib, ta’siringiz ortib borayotgani bizni nihoyatda mamnun etmoqda.
Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida, Vatan himoyasidek sharafli vazifani ado etishda millionlab yoshlarimizning sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishayotgani, siyosiy saviyasi yetuk, mustahkam fuqarolik pozisiyasiga ega yuzlab yigit-qizlarning parlamentimiz va xalq deputatlari mahalliy kengashlarining a’zosi sifatida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat idoralarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borishayotgani kishiga o‘zgacha faxr bag‘ishlaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugun jonajon O‘zbekistonimizda erkin va obod, farovon hayot qurish yo‘lida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshlagan ulkan ishlarni davom ettirishga qodir bo‘lgan yangi avlod kamolga yetmoqda.
Ishonamizki, shu yangi avlod xalqimiz, Prezidentimiz tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonchni amalda oqlab, ulug‘ ajdodlarning munosib vorislari ekanligini turli sohalarda, yo‘nalishlarda butun dunyoga namoyon etaveradi.
Bu yo‘lda yurtimizning barcha yoshlariga yuksak aql-zakovat, so‘nmas shijoat va mustahkam sog‘lik tilab qolamiz. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin qadrli yoshlar!


Дата добавления: 30/06/2025 10:45;   Просмотров: 33
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку