Samarqand tumanining Ravonak mahallasida aholining qulay yashashi va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash maqsadida yangi suv inshooti barpo etildi hamda 500 metr ichimlik suv tarmog‘i tortildi.
Mazkur ishlar tuman hokimligi tashabbusi, va Suv ta’minoti korxonasi ko‘magida, shuningdek mahalla aholisi faolligi va hashar asosida amalga oshirildi.
Natijada bugun Ravonak mahallasi aholisi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanib, uzoq yillik muammo o‘z yechimini topdi. Inshoot atrofi obodonlashtirildi, tarmoq bo‘ylab zamonaviy quvurlar o‘rnatildi.
Mahalla aholisi bu ezgu ishlarni amalga oshirishda o‘z tashabbusi va birligi bilan faol ishtirok etgani, shuningdek, tuman rahbariyatining e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.