Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

MUNOSABAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi va mamlakatimizning har bir fuqarosi, har bir hudud taraqqiyoti uchun muhim dasturilamal bo‘ldi.

 Murojaatnomada ilgari surilgan har bir maqsad va tashabbus chuqur tahlil asosida xalq farovonligiga qaratilgan ezgu niyatlar mahsuli ekanini yaqqol ko‘rsatdi.
Samarqand tuman Xalq deputati sifatida men Murojaatnomada ilgari surilgan “Inson qadri uchun” tamoyilining mazmun-mohiyatini, islohotlarning markazida har bir inson va uning manfaatlari turishini alohida e’tirof etaman. Prezidentimizning “aholining turmush darajasini oshirish, adolatni qaror toptirish, har bir fuqaroning roziligiga erishish” bo‘yicha qat’iy chaqiriqlari har bir deputat va rahbarning asosiy burchi va hayotiy faoliyati mazmuni bo‘lishi lozim.
Shahsan, Samarqand tumani saylov okrugim va umuman tumanimiz aholisining turmush farovonligini oshirish, mahallalardagi muammolarni joyida o‘rganib, amaliy yechim topish borasidagi Prezident ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishga deputat va jamiyat yetakchisi sifatida qat’iy bel bog‘laganman. Bu borada quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boramiz:
Turizmni rivojlantirish: Tumanimizning boy tarixi, betakror tabiati va madaniy merosini targ‘ib qilish orqali sayyohlar oqimini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiyotga qo‘shimcha hissa qo‘shish.
Iqtisodiy barqarorlik va ichki bozor: Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoit yaratish, ichki resurslardan samarali foydalanish orqali hudud iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash.
Ijtimoiy himoya va adolat: Ehtiyojmand oilalar, nogironligi bor shaxslar, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash va davlat siyosatini hududlarda to‘liq amalga oshirishni nazorat qilish.
Ma’naviyat va innovatsiyalar: Milliy qadriyatlarni asrash, tarixiy merosni targ‘ib qilish va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish; shuningdek, tumanimizni rivojlantirishda ilg‘or g‘oyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish.
Hududlarni kompleks rivojlantirish: Infratuzilmani yaxshilash, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish, hududdagi muammolarni tizimli hal etish orqali tuman taraqqiyotini ta’minlash.
Prezidentimizning Murojaatnomasi biz, mahalliy kengash deputatlari uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Biz – xalqning ishongan vakillari sifatida, Murojaatnomada belgilangan har bir vazifani vizdonan va fidokorona ado etishimiz, mahalliy aholi hayotini yaxshilash, ularning kelajakka ishonchini mustahkamlash yo‘lida doimiy sa’y-harakat qilishimiz shart.
Farovon va taraqqiy etgan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida Prezidentimizning har bir chaqiriqiga “labbay” deb javob berib, Samarqand tumani rivojiga munosib hissa qo‘shishga tayyormiz.

Savriniso Narzullayeva,
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashi deputati.


Дата добавления: 29/12/2025 15:40;   Просмотров: 55
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку