Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Ma'naviy - ma'rifiy siyosiy seminar

Samarqand tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini chuqur tushuntirish, unda belgilangan ustuvor vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ma'naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Mazkur uchrashuvda, shuningdek, Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida belgilangan muhim yo‘nalishlar, mamlakat xavfsizligini ta’minlash, barqaror taraqqiyotni mustahkamlash, mahalla tizimini yanada rivojlantirish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda Mahalla akademiyasi rahbari Xurshid Ochilov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi boshlig‘i Xolbek Kubayev, Mahallalar uyushmasi Samarqand tumani boʻlimi boshligʻi Abdujabbor Umarov, Tarix fanlari doktori, professor, Samarqand davlat universiteti olimi Farxod Nabiyev hamda Samarqand tuman "Nuroniylar" jamg‘armasi rahbari Said Mardonov so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan batafsil ma’lumotlar berishdi.
Xususan, tarix fanlari doktori, professor Farxod Nabiyev o‘z chiqishida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning tarixiy ildizlari, ularning bugungi islohotlar bilan uzviy bog‘liqligi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tuman "Nuroniylar" jamg‘armasi bo‘limi rahbari Said Mardonov nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligi, yoshlar tarbiyasidagi mas’uliyati va mahallalarda ma’naviy muhitni mustahkamlashdagi muhim vazifalariga alohida urg‘u berdi.
Ta’kidlanganidek, Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar xalq farovonligini oshirish, yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ma’naviy-ma'rifiy muhitni mustahkamlash hamda xavfsiz va barqaror jamiyat barpo etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda mahalla faollari, nuroniylar va jamoatchilikning faol ishtiroki muhim ekani alohida qayd etildi.
Ma'naviy - ma’rifiy seminar o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq mazmunli va samarali ruhda o‘tdi.


Дата добавления: 24/01/2026 14:53;   Просмотров: 33
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку