Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

MAKTABDA DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN KENG NISHONLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 16-maktabda 1-“K” sinfi o‘quvchilari ishtirokida keng qamrovli ochiq dars tashkil etildi.

 Tadbir maktabdagi “Vatan — muqaddas, bayrog‘imiz — faxrimiz!” shiori ostida o‘tkazilib, o‘quvchilarning davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Dastlab o‘quvchilar davlat bayrog‘ining yaratilishi tarixi, uning ranglari va ramziy ma’nosi haqida she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda ma’lumotlar bilan chiqish qildilar. Yoshlarning ishonch bilan aytgan har bir so‘zi ularning yurtimizga bo‘lgan sadoqatini yaqqol namoyon etdi.

Tadbir doirasida “Eng chiroyli bayroq tasviri” mavzusida rasm tanlovi ham o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘z ijodida Vatan ramziga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini yorqin ranglar orqali ifodaladilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi o‘quvchilar g‘olib deb topildi:

1-o‘rin — Shuhratova Mohinur

2-o‘rin — Komilova Samira

3-o‘rin — Rustamova Parizoda

G‘oliblarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilarga davlat ramzlarini hurmat qilish, yurt ravnaqi uchun intilish, bayrog‘imizni doimo baland tutish borasida tarbiyaviy tushunchalar berildi.

Maktab jamoasi ushbu tadbir orqali yosh avlod qalbida vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirishga erishdi. Bayramona ruh va  ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.


Дата добавления: 20/11/2025 14:05;   Просмотров: 37
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку