Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Mahmudxoja Behbudiy – buyuk alloma va buyuk mutafakkir

Bugun biz buyuk alloma Mahmudxoja Behbudiy tavallud kunini yodga olib, uning ilm-fan va ma’rifat yo‘lida qilgan xizmatlarini e’zozlaymiz.

Behbudiy o‘z hayotini yoshlarga ma’rifat berishga, milliy tafakkur va ongni uyg‘otishga bag‘ishlagan buyuk mutafakkirdir. U milliy taraqqiyot va madaniyat yo‘lida jonini va hayotini qurbon qilgan, she’rlari va asarlari bilan avlodlarga yorug‘ yo‘l ko‘rsatgan.

Shu munosabat bilan 33-maktabda Gulobod Tongi gazetasi tahririyati va Samarqand tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi hamkorligida ajoyib tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari va she'rlar namoyish etildi, rasmimlari chizildi, Behbudiy ijodidan parchalar o‘quvchilarga taqdim qilindi. Tadbirga 21-16-33- va 37-maktab o‘quvchilari faol qatnashdi. Faol va ijodkor o‘quvchilarga Gulobod Tongi tahririyati nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu tadbir Behbudiy merosini yodga olish, yosh avlodni ma’rifatga chorlash va milliy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilgan muhim voqea bo‘ldi.


Дата добавления: 19/01/2026 17:50;   Просмотров: 38
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку