Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Konstitutsiya kuni munosabati bilan tuman hokimiyati majlislar zalida katta ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Konstitutsiya kuni munosabati bilan tuman hokimiyati majlislar zalida katta ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda tuman rahbariyati, sektor rahbarlari, tashkilot va muassasa vakillari, shuningdek, faol fuqarolar ishtirok etishdi.

Dastlab yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan tuman hokimi Sirojiddin Usmanov tabrik yo‘lladilar. U o‘z nutqida Konstitutsiyamiz mamlakatimiz taraqqiyotining huquqiy poydevori, inson huquqlari va erkinliklarining kafolati ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, hokimimiz yurt ravnaqi, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlarni alohida e’tirof etdi. Ular sahnaga taklif qilinib, esdalik sovg‘alari, tashakkurnomalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.


Umuman olganda, bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, yurtga sadoqat, qonun ustuvorligini ulug‘lash g‘oyasi asosida o‘tdi. Tumanimizda Konstitutsiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur yig‘ilish barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.


Дата добавления: 06/12/2025 14:13;   Просмотров: 16
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку