Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Kasanachilik va Sayxunobod tajribasi: Oila farovonligi yo‘lidagi yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aholini, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada eng samarali tajribalardan biri sifatida Sayxunobod modeli tilga olinmoqda.

Bu tajriba nima bilan ahamiyatli? Eng avvalo, har bir xonadon holati chuqur o‘rganilib, oilalarning imkoniyati va ehtiyoji asosida mehnatga jalb etish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Eng muhimi — kasanachilik orqali minglab ayollar o‘z uyida turib, daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Jumladan ushbu tajriba asosida Samarqand tumanida ham bir qator amaliy ishlar olib borilayotganini alohida qayd etib o‘tish joiz. Tumanda tikish-bichish, shirinliklar tayyorlash, qo‘l mehnati hunarlari, hatto kompyuter orqali xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlar keng yo‘lga qo‘yildi. Bugun ko‘pgina ayollar “Ayollar daftari” orqali ajratilgan imtiyozli kredit va grantlar yordamida o‘z kichik syexi yoki xonadonda ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘ygan.
Mahallalarda maxsus “Kasanachilar uyi” tashkil etilgan bo‘lib, u yerda tayyor mahsulotlar sotiladi, marketing ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Davlat va tijorat banklari esa loyihalarga mablag‘ yo‘naltirmoqda. Endi kasanachilarning mahsuloti nafaqat mahalliy bozorlarda, balki onlayn platforma orqali keng xaridorlarga yetkazib berilyapti.
Kasanachilik — bu oddiy mehnat turi emas, balki oila farovonligini ta’minlaydigan, ijtimoiy barqarorlikka xizmat qiladigan yo‘l. Sayxunobod tajribasi esa shu yo‘lning eng samarali namunasi sifatida tarixda qolishi shubhasiz.
Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyida 3981 nafar ishsiz nafar ishsiz xotin-qizlar mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish belgilangan bo‘lib, shundan 3546 nafar (141,6 foiz) ishsizlarni ishga joylashtirishga erishilgan .
9 oy davomida belgilangan 1435 nafar o‘rniga 1118 nafar (160,4 %) ishsiz xotin-qizlar mehnat bozori talablariga asosan kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilgan.
Hisobot davrida 661 nafar xotin-qizlarga bo‘lib, 19 830 so‘m miqdorida tadbirkorlik faoliyatlarni boshlash maqsadida kreditlar ajratildi.
Tumanda 2025-yil davomida jami 2 ta xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazi ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2025 yil 7 oyi davomida 2 ta xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazilari tashkil qilindi va faoliyatini boshladilar.
Tumanda 7 oy davomida 199 ta oilaviy ajrim holati qayd qilingan bo‘lib, 2025 yil maqsadli ko‘rsatkichlarida 1000 ta oilaga nisbatan 1,2 foizga kamaytirish belgilangan.
Hisobot davrida 39 nafar ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari kvotalangan ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi.
7 oy davomida belgilangan 1 141 nafar o‘rniga 1 359 nafar (119%) ishsiz fuqarolar mehnat bozori talablariga asosan 20 dan ortiq turli kasblarga o‘qitilgan.
Tumanda 2025-yil 7 oyi davomida jami 12 marotaba mehnat yarmarkalari o‘tkazilgan bo‘lib, yarmarkalarda 182 ta korxona va tashkilotlar 2546 ta vakant ish o‘rinlari bilan qatnashgan.
O‘tkazilgan yarmarkalarda jami 3140 nafar fuqarolar ishtirok etgan. Tadbirlar orqali 1459 nafar fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan. 540 nafari kasbiy ta’limga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari 333 nafar fuqaroga huquqiy maslahat berilgan.

Madina BARATOVA,
Samarqand tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i.


Последнее редактирование: 19/09/2025 11:15;   Просмотров: 41
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку