Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Inson salomatligi uchun donorlikning ahamiyati juda katta

Shunday xastaliklar borki, uni donor qonisiz bartaraf etib bo‘lmaydi. Chunki qonni sun’iytarzda ishlab chiqish hozircha yo‘lga qo‘yilmagan.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, donorlik nafaqatqon oluvchi, balki qon beruvchining salomatligiuchun ham foydali ekan. Donorlar boshqalarganisbatan 5 yil ko‘proq umr kechirishi kuzatilgan.
Samarqand tuman tibbiyot birlashmasida yil davomida mingdan ortiq donorlik amaliyoti o‘tkaziladi. Joriy yil boshidan buyon 530 ta donor qon topshirdi.
Donorlikning yana bir afzallik tomoni, qon topshiruvchining tibbiy tahlildan bepul o‘tkazilishidir.
Eng asosiysi, donorlik insonparvarlikning eng yorqin namunasi hisoblanib, uni savobli ish sifatida baholash to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki donorlik mahsuloti qonga muhtoj bolajonlar hayotini saqlab qolish uchun ishlatildi.
Tomirlarda oqayotgan qon inson inson uchun tiriklik manbai. Kishilarning bemor bolalar salomatligi uchun beg‘araz qon topshirayotgani xalqimiz orasida muruvvat, saxovat va o‘zaro mehr-oqibatning kuchliligidan dalolat.
Biz o‘zgalar hayotini saqlab qolish maqsadida o‘z xohishi bilan qon topshiradigan vatandoshlarimiz bilan faxrlanamiz.


Последнее редактирование: 13/06/2025 11:58;   Просмотров: 14
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку