Prezident Shavkat Mirziyoyevning 7-avgustdagi farmoni bilan 2025-yil 1-avgustdan boshlab, mahalliy hokimiyat tizimidagi xodimlarning ish haqi yangicha tartibda shakllantiriladi.
Maosh tarkibi qanday bo‘ladi? Endi mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: — Asosiy lavozim maoshi — Har oylik KPI (samaradorlik ko‘rsatkichlari) ustamalari — Malaka (martaba) darajasi uchun to‘lovlar — Mukofot va bonuslar Bonuslar qanday belgilanadi? — KPI bo‘yicha ustama va bonuslar alohida xarajat turi sifatida rejalashtiriladi; — Bonuslar yillik smetada bir oylik maoshdan oshmagan miqdorda belgilanadi; — Mukofotlar bayram, yubiley va hisobot davri yakunida berilishi mumkin; — Mukofot miqdori xodimning hissasiga qarab belgilanadi; — Bunda eng yuqori miqdor chegaralanmagan.
Copyright © 2025. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.