Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Fermerlar g‘alla yig‘im-terimi va dala madaniyatiga rioya etish bo‘yicha ogoh etildi.

Samarqand tumani hokimi S.Usmanov boshchiligida navbatdagi amaliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mahalla yettiligi a’zolari, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tuman hokimi g‘alla hosilini o‘z vaqtida, talablarga muvofiq tarzda yig‘ishtirib olish va hosilning bir donini ham isrof qilmaslik muhimligini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, fermer xo‘jaliklariga,
kombayn va texnikalarni tayyor holatga keltirish,
hosilni saqlash va omborlarga topshirishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik,
transport-logistika masalalarini oldindan hal etish,
va eng asosiysi, dala madaniyatiga qat’iy rioya qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.


Дата добавления: 19/06/2025 11:20;   Просмотров: 0
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку