
Tuman 15-saylov okrugidan saylangan deputat Sarviniso Narzullayeva hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida saylov okruglarida bo‘ldi.
Dastlab Rustam MFYga tashrif buyurildi. Tashrif davomida yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan shifokorlik punkti qurilishi bilan yaqindan tanishildi. Hozirda obyektni o‘z vaqtida yakunlash uchun ishlar jadallik bilan olib borilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, hududdagi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi ham o‘rganildi. Qurilish jarayonida yuzaga kelgan ayrim muammolarga qaramay, hozirda ishlar tiklanib, qurilish sur’ati oshgani kuzatildi. Bog‘chani ham yaqin kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
Shundan so‘ng Rajabamin MFYga tashrif buyurildi. Bu yerda joylashgan 44-maktab faoliyati bilan tanishildi. Maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘qituvchilarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi.
Shuningdek, maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganilib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalar tinglandi.
Hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari va muammolarning bosqichma-bosqich hal etilishi aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Copyright © 2026. Гулобод тонги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.gulobodtongi.uz манбаи кўрсатилиши шарт.
Матнда хатолик топдингизми? Матнни танлаб CTRL+ENTER босинг.