Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

Bugun Samarqand tuman Axborot-kutubxona markazida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda “Gulobod tongi” gazetasi ijodiy jamoasi hamda mahalla faollari faol ishtirok etdi.


Siyosiy-ma’naviy-ma’rifiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida milliy qadriyatlarimiz, xususan, milliy atlasimizning boy tarixi, uning xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Shuningdek, bugungi kunda olib borilayotgan davlat siyosati, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, milliy merosni asrab-avaylash va uni yosh avlodga yetkazish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari milliy atlas nafaqat madaniy meros, balki xalqimizning o‘zligini, tarixiy xotirasini aks ettiruvchi bebaho boylik ekanini alohida ta’kidladilar. Siyosiy-ma’rifat soati davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar tadbir ishtirokchilari uchun muhim ma’naviy ozuqa bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv jamiyatda siyosiy ong va ma’naviy saviyani yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.


Дата добавления: 30/01/2026 14:59;   Просмотров: 50
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку