Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
Гулобод тонги Халқ депутатлари Самарқанд туман Кенгаши ва туман ҳокимлиги газетаси
www.gulobodtongi.uz

 
 

8 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.

BAХTIMIZ QOMUSI

Samarqand tumani Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan 38-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda “Loiqi Ozod” nashriyoti direktori, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Ozodjon Xidirov oʻquvchilar va ota-onalar faollarini bayram bilan tabriklab, Asosiy Qonunimiz boblariga tayanib, Konstitutsiyaning jamiyat taraqqiyoti va farovon hayotdagi oʻrni haqida soʻz yuritdi.
Shu kuni serqirra ijodkor, “Kitobi umr” toʻplami muallifi Ismatullo Ahrorqulovning Xalqaro Sadriddin Ayniy ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani tadbir ishtirokchilariga yuqori ruh bagʻishladi. Konstitutsiya belgilab bergan bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tamoyillari mamlakatimizda barqaror qaror topgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda maktab direktori Istoda Hoshimova, oʻqituvchilar Hazrat Burhonov va Azimjon Ergashyev Konstitutsiyaning ahamiyati hamda kitobxonlik madaniyatining afzalliklari yuzasidan fikr bildirdi. Ijodkor Ismatullo Ahrorqulov ham oʻz minnatdorligini izhor etib, yoshlar tarbiyasi yoʻlida ijodi orqali hissa qoʻshishini taʼkidladi.


Дата добавления: 05/12/2025 14:55;   Просмотров: 20
 
Для чтения текста нажмите эту кнопку